Ismim Shodiyaxon, men Ottimo Viaggio direktoriman. Toshkentdagi, Yunusobodda joylashgan ofisimiz har kuni ertalab soat oʻndan kechki oʻngacha ochiq, safar haqida shunchaki gaplashgani ham kelishingiz mumkin.
Asosiy yoʻnalishimiz Ipak yoʻli marshrutlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva. Agar uzoqroqqa bormoqchi boʻlsangiz, xorijga safarlarni ham tashkil qilamiz: chipta va mehmonxona topamiz, vizani rasmiylashtiramiz, transferni kelishamiz. Marshrutni sizning qiziqishlaringizga qarab ham moslashtiramiz.
Qayerga va qachon borishni xohlayotganingizni ayting, sanalaringiz va byudjetingizga mos marshrut taklif qilamiz. Bizga Telegram yoki WhatsApp orqali yozishingiz yoki ofisga kelishingiz mumkin.
Fazilxodjaeva Shodiyaxon BaxromovnaDirektor